Shaxsiy SMS gateway

SMS'ni o'z SIM'ingizdan yuboring.

Eskiz yoki Play Mobile'ga o'xshash API — lekin uchinchi tomon shlyuzisiz. Telefoningizni ulang, so'rov yuboring, xabar o'z raqamingizdan, o'z tarifingizda ketadi.

✓✓ Bepul · pip install ownsms · Jonli API · GitHub

# o'z raqamingizdan bitta SMS curl -X POST https://sms.omadli.uz/api/v1/messages \ -H "Authorization: Bearer osk_..." \ -H "Content-Type: application/json" \ -d '{"to":"+998901234567","text":"Salom!"}'
Bepul · 100 SMS/kun Ochiq kod · MIT pip install ownsms Jonli API · sms.omadli.uz →
Qanday ishlaydi

So'rovingiz — haqiqiy SMS'ga aylanadi

Server faqat navbatga qo'yadi; ulangan Android telefon esa xabarni o'z SIM'idan haqiqatan jo'natadi.

01

API so'rov yuborasiz

API kalitingiz bilan POST /api/v1/messagesto va text.

02

Telefon xabarni oladi

Ulangan Android ilova serverni doimiy kuzatadi va yangi xabarni darrov qabul qiladi.

03

SMS o'z SIM'dan ketadi

Telefon xabarni o'z raqamidan jo'natadi va statusni serverga qaytaradi.

Imkoniyatlar

Bitta SMS'dan rassilkagacha

Oddiy so'rovdan tortib kampaniyagacha — hammasi bitta izchil API'da.

SIM

O'z raqam, o'z tarif

Uchinchi tomon shlyuzi yo'q — SMS'lar sizning SIM'ingizdan, operator tarifingizda ketadi.

SEND

Oddiy REST API

to + text — tamom. Rejalash, TTL, idempotency, per-message webhook.

BULK

Kampaniyalar

Bitta shablon + qabul qiluvchilar ro'yxati, {var} o'rinlari, progress, pauza/davom/bekor.

HOOK

Webhook'lar

Status o'zgarganda HMAC-imzolangan, qayta urinuvchi callback'lar.

SEC

Xavfsizlik

API-kalit doiralari (send/read), bekor qilish, IP allowlist, audit jurnali.

SELF-HOST

Bulut yoki o'zingiznikida

pip install ownsms — toza Django app. Native Android sender ilova.

Rassilka

Mingta raqamga — bitta so'rov

Bitta shablon, qabul qiluvchilar ro'yxati va {o'zgaruvchi}lar. Progressni real vaqtda kuzating, istalgan payt pauza / davom / bekor qiling.

# shablon + har bir qabul qiluvchi uchun o'zgaruvchilar curl -X POST https://sms.omadli.uz/api/v1/campaigns \ -H "Authorization: Bearer osk_..." \ -d '{ "text": "Salom {name}! Chegirma kodingiz: {code}", "recipients": [ {"to": "+998901112233", "vars": {"name": "Aziz", "code": "A50"}}, {"to": "+998907654321", "vars": {"name": "Laylo", "code": "B30"}} ] }' # → 202 {"id": "camp_1", "status": "running", "total": 2}
Yangi yil aksiyasi ● running
0/ 1000 hal qilindi
0sent
0queued
0failed
Taqqoslash

Nega uchinchi tomon shlyuzi emas?

ownsms sizning raqamingizdan, sizning tarifingizda yuboradi — moderatsiyasiz, obunasiz, ochiq kodda.

ownsmsEskizPlay MobileTwilio
Jo'natuvchiO'z raqamingizTasdiqlangan nomTasdiqlangan nomSotib olingan raqam
NarxOperator tarifingizPaketPaketSMS boshiga
Matn moderatsiyasiYo'qBorBorCheklovlar
O'rnatishTelefon + pipShartnomaShartnomaAkkaunt + billing
Self-host
Ochiq kod MIT
O'tkazuvchanlikSIM tezligichaYuqoriYuqoriYuqori

Halol: ommaviy tezkor rassilkada o'tkazuvchanlik bitta SIM tezligi va pacing bilan cheklangan — kerak bo'lsa bir nechta SIM (rotate_sims) ishlating.

Status

Har bir xabarning aniq hayoti

Statusni real vaqtda kuzating. Semantika ochiq va halol.

queued sending sent ✓✓ delivered

sent — operator qabul qildi, ya'ni amaliy muvaffaqiyat (aynan Eskiz/Twilio kabi). delivered — operator yetkazish hisobotini qaytarsa keladigan bonus; ba'zi tarmoqlarda umuman kelmasligi mumkin, shuning uchun uni kutib qolmang.

Savol-javob

Tez-tez so'raladigan savollar

Bu qonuniymi?

ownsms o'z SIM-kartangizdan, o'zingiz yuboradigan SMS'lar uchun — shaxsiy foydalanish vositasi. Operatoringizning odilona foydalanish shartlariga rioya qiling; spam yoki notanish raqamlarga ommaviy yuborish operator tomonidan bloklanishi mumkin.

SIM bloklanib qolmaydimi?

Operatorlar juda tez yoki shubhali yuborishni cheklashi mumkin. Shuning uchun ownsms har bir SIM uchun tezlik, jitter (tasodifiy tanaffus), ish soatlari va kunlik kvota bilan pacing qiladi — tabiiy sur'atda yuboradi.

Kuniga nechta SMS yuborsam bo'ladi?

Bu bitta SIM tezligiga bog'liq — odatda kuniga bir necha yuz. Ko'proq kerak bo'lsa, bir nechta SIM (rotate_sims) yoki bir nechta telefon ulang.

Telefon o'chiq bo'lsa-chi?

queued: true bilan yuborsangiz, xabar telefon onlayn bo'lgunicha (TTL ichida) navbatda kutadi va ulanishi bilan darrov jo'natiladi.

iPhone'da ishlaydimi?

Yuboruvchi ilova hozircha faqat Android. Lekin API va boshqaruvni istalgan qurilmadan ishlatasiz — faqat SMS jo'natuvchi telefon Android bo'lishi kerak.

Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?

O'zingiz host qilsangiz — hammasi sizning serveringizda. pip install ownsms toza Django app; uchinchi tomon shlyuziga hech narsa bormaydi.

Boshlang

Birinchi SMS'ingiz — bir necha daqiqada

Telefoningizni ulang, API kalit oling, so'rov yuboring.